Tenderning bosqichlari:
- Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 30.04.2024-yil.
- Potensial yetkazib beruvchi, Buyurtmachi bilan kelishuviga koʻra, 10.05.2024-yilgacha xizmatlar koʻrsatish hududi bilan tanishishi mumkin.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 13.05.2024-yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etadi.
- Takliflarni baholash – 17.05.2024-yilgacha amalga oshiriladi.
- Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 22.05.2024-yilgacha.
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 29.05.2024-yilgacha.
Toʻlov valyutasi – soʻm;
Toʻlovni amalga oshirish tartibi: ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma har oy rasmiylashtirilgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida toʻlov amalga oshiriladi.
Mas’ul shaxs:
Raximov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.
Elektron pochta manzili: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.
Telefon: +998 97 344 49 55
Tender hujjatlari 2024-yil 13-may kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Tender hujjatlarini olish uchun bu yerga bosing.