«YUPM» AJ (UZCARD) kompyuter texnikalarini yetkazib berish boʻyicha Tender e’lon qiladi

Tenderning oʻtkazilish bosqichlari

  • Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, 2025-yil 03-yanvargacha tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
  • Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar to‘plamini tayyorlab, buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar to‘plamini taqdim etish muddati 2025-yil 15-yanvar soat 17:00 gacha.
  • Buyurtmachi ekspertlar bilan hamkorlikda 2025-yil 22-yanvargacha olingan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligini texnik jihatdan baholaydi.
  • Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar so‘rovini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2025-yil 24-yanvargacha taqdim etadi.
  • Tanlov natijalari 2025-yil 31-yanvargacha tasdiqlanadi va shartnoma imzolanadi.

Tijorat takliflari 2025-yil 15-yanvar soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– to‘ldirilgan texnik talablar jadvali (1-shakl);

– tijorat taklifi (2-shakl);

– shartnomaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan KTS fayli (3-shakl).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.