Tenderning oʻtkazilish bosqichlari:
• Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va xarid qilish hujjatlari doirasida tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 13/03/2024-yilgacha.
• Potentsial yetkazib beruvchi hujjat paketini tayyorlaydi va buyurtmachiga jo`natadi. Hujjatlar paketini topshirish muddati 20/03/2024-yil soat 17:00 gacha.
• Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda, 27/03/2024-yilga qadar qabul qilingan takliflarni Texnik talablar va Texnik vazifalarga mosligiga texnik baho beradi.
• Buyurtmachi Ishtirokchilarga oxirgi narxlar soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi 28/03/2024-yildan kechiktirmay oʻzining oxirgi narx taklifini yuboradi.
• FFTanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 11/04/2024-yilgacha.
Tijoriy takliflar 2024-yil 20-mart soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to`plamini o`z ichiga olgan bo`lishi lozim:
– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;
– Texnik talablarning (mezonlarning) toʻldirilgan jadvali;
– talab qilinayotgan TT boʻyicha rasmiylashtirilgan tijoriy taklif;
– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan SHAT fayli.
Ishtirokchilar, barcha toʻldiruv formalarini oʻz ichiga olgan sotib olish hujjatlarini quyidagi havola boʻyicha yuklab olishlari mumkin.