UZCARD mamlakatimizning yetakchi oliy o’quv yurtlari: MDIS, Westminster, Webster, TATU, JIDU va boshqa universitet vakillari uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazdi.
Mehmonlar UZCARD faoliyati bilan tanishdilar, kompaniyada amaliyot tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari va bo‘lajak ishtirokchilar uchun loyihaning istiqbollari haqida so‘zlab berildi.
Bu UZCARDning bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdagi birinchi tajribasi emas, kadrlar tayyorlash o‘quv dasturlari kompaniya ijtimoiy siyosatining muhim qismidir. Shu tarzda, 2022-yilda HR bo‘limiga “O‘qitish va rivojlantirish” va “Rekruting” yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot o‘tash uchun qabul bo’lib o’tdi. Bugungi kunga kelib amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bitirganlar jamoaga qo’shilgan va tanlagan yo’nalishlarida rivojlanishni davom ettirishmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari 2023-yilda amaliyot o‘tash dasturi va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tadbir so‘ngida kompaniya binosi bo‘ylab ekskursiya o‘ziga xos ish muhitini his qilishga yordam berdi, unda mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berish va ularga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yaqin kunlarda UZCARD universitet talabalari uchun shunday uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.