AJ «YUPM» kreativ materiallar yaratish xizmatini taqdim etuvchi hamkorni tanlash bo‘yicha Tanlov e’lon qiladi (uzoq muddatli shartnoma)

Tenderning oʻtkazilish bosqichlari:

• Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va xarid qilish hujjatlari doirasida tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 20/03/2025-yil.

• Potentsial yetkazib beruvchi hujjat paketini tayyorlaydi va buyurtmachiga joʻnatadi. Hujjatlar paketini topshirish muddati 04/04/2025-yil soat 17:00 gacha. 

• Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda, 09/04/2025-yilga qadar qabul qilingan takliflarni Texnik talablar va Texnik vazifalarga muvofiqligini texnik baholashni amalga oshiradi.

• Buyurtmachi Ishtirokchilarga oxirgi narxlar soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi 11/04/2025-yildan kechiktirmay oʻzining oxirgi narx taklifini yuboradi.

• Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 18/04/2025-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2025-yil 4-aprel soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– To‘ldirilgan texnik talablar jadvali  (ilova qilingan excel formatiga koʻra);

– Tijorat taklifi ( ilova qilingan excel formatiga koʻra);

– Shartnomnaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan to‘ldirilgan KTS fayli. (ilova qilingan excel formatiga koʻra).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.