UZCARD ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda: Hamroh Biznes Maktabi birinchi guruh mashg’ulotlari o’z nihoyasiga yetdi

HAMROH ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturi doirasida, ALPHA ta’lim platformasi bilan hamkorlikda va UZCARD to‘lov tizimi ko‘magida amalga oshirilayotgan Hamroh Biznes Maktabi ta’lim dasturi hududlarda rivojlanishda davom etmoqda va yangi bosqichga chiqmoqda. Ushbu tashabbus ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z biznesini boshlash va kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Loyiha 2026-yil mart oyida Nukus shahrida — HAMROHning birinchi filiali ochilishi hamda HAMROH, ALPHA va UZCARD o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi doirasida boshlangan. Dastur yaratilishi ayollarning sifatli biznes ta’limiga, ekspert qo‘llab-quvvatlashiga va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zamonaviy vositalarga kirishini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Bugungi kunda dasturining Nukusdagi birinchi guruh mashg’ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ishtirokchilar: bozor tahlili, marketing, moliyaviy rejalashtirish, jamoani boshqarish, shaxsiy brendni rivojlantirish va biznesni strategik kengaytirish kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha intensiv ta’lim oldilar. Kurs yakunida ular yakuniy himoyada o‘z loyihalarini taqdim etib, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar.

“Biz ayollarga tadbirkorlik muhitiga ishonch bilan kirib borishga yordam beradigan Hamroh Biznes Maktabi tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz. UZCARD uchun bunday ta’lim loyihalarida ishtirok etish tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish va moliyaviy savodxonlikni oshirish strategiyasining muhim qismidir. Biz ishonamizki, har bir ishtirokchi nafaqat o‘z biznes g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradi, balki hudud iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, — deya ta’kidladi UZCARD vakillari.

Tashabbusning keyingi bosqichi sifatida loyiha geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan: tashkilotchilar yangi qabul boshlanganini e’lon qildi, Hamroh Biznes Maktabining navbatdagi dars mashg’ulotlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Shu tariqa dastur asta-sekin bitta hudud doirasidan chiqib, O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kengaytiriladigan ta’lim platformasiga aylanmoqda.

“Hamroh Biznes Maktabining Nukusdagi birinchi oqimining yakunlanishi hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Biz faqat bilim berish bilan cheklanmay, ishtirokchilarga barqaror biznes qurishda yordam berish va ularni keyingi bosqichlarda ham qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. UZCARD va ALPHA bilan hamkorlikda biz allaqachon o‘z samaradorligini ko‘rsatgan formatni yaratdik va uni mamlakatning boshqa hududlariga kengaytiramiz”, — deya ta’kidladi HAMROH vakillari.

“Biz uchun ta’lim — bu avvalo odamlar haqida. Birinchi oqim turli sohalardan 28 nafar ayolni birlashtirdi: non mahsulotlari ishlab chiqarish, restoran biznesi, eko-sumkalar ishlab chiqarish, kosmetologiya, stomatologiya, turizm. Ammo ularni birlashtiradigan narsa — bu yangi bilimlarga chanqoqlikdir. Ularning motivatsiya darajasi juda yuqori edi. Biz dastur talabgir va haqiqatan ham zarur ekanini ko‘ryapmiz. HAMROH va UZCARD bilan hamkorlikda uni butun respublika bo‘ylab kengaytirish imkoniyatiga ega ekanimizdan xursandmiz”, — deya qo‘shimcha qildi ALPHA vakillari.

UZCARD uchun ushbu dasturdagi ishtirok tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan izchil strategiyaning bir qismidir. Kompaniya ayollarga biznes muhitiga ishonch bilan kirib borishga, barqaror kompaniyalar yaratishga va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga yordam beradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.