“Manzillar yaqinroq” aksiyasi doirasida Yangiyoʻl, Samarqand, Termiz, Qarshi, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan va Qoʻqon shaharlarida UZCARD kartalari foydalanuvchilari jamoat transportida yo’l haqi toʻlashda 610 soʻm chegirma oladilar.
Aksiyada Oʻzbekiston Respublikasining har qanday banki tomonidan chiqarilgan 5614****, 6262***, 5440** indeksli, validatorga “bir tekkazish” bilan to ‘lovlarni amalga oshiruvchi barcha UZCARD bank kartalari ishtirok etadilar.. Bu xavfsiz, tezkor va qulay toʻlov usuli hisoblanadi. Shuningdek, 8600*** karta egalari kartani Uzcard Pay mobil ilovasiga bogʻlab, aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, Siz Uzcard Pay ilovasiga virtual UZCARD kartasini qoʻshishingiz va u bilan gadjetni terminalga tekkazib toʻlov qilishingiz mumkin. Yoʻl haqi chegirmani hisobga olgan holda yechib olinadi.
Aksiya 2024-yil 1-maydan 31-dekabrgacha davom etadi. Aksiya ATTO validatorlari oʻrnatilgan jamoat transportida amal qiladi.
Agar sizda hali NFC qoʻllab-quvvatlovchi UZCARD kartalari boʻlmasa, O’zbekistondagi barcha bank bo‘limlarida hoziroq buyurtma bering.
UZCARD kartalari bilan har bir safaringizda pullaringizni tejab qolish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni veb-saytda, shuningdek UZCARD foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash xizmati – 1257 raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.