«YUPM» (UZCARD) MChJ uchun elektron hujjat boshqaruvini rivojlantirishga oid xizmat koʻrsatuvchini tanlash boʻyicha tender e’lon qiladi

UPD: “YUPM” (UZCARD) MChJ uchun elektron hujjat boshqaruvini rivojlantirishga oid xizmatlar»ni sotib olish boʻyicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2024-yil 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18: 00gacha uzaytiriladi.

Tenderning bosqichlari:

  • Funksional texnik talablar mijoz tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 26.03.2024-yil.
  • Savol-javob seansi. Barcha savollar 02.04.2024 yilgacha elektron pochta orqali yozma shaklda yuborilishi va javoblar 04.04.2024 yilgacha taqdim etilishi kerak.
  • Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini Toshkent vaqti bilan 12.04.2024-yil soat 18.00 gacha taqdim etadi.
  • Takliflarni baholash – 18.04.2024-yilgacha.
  • Muzokaralarning ikkinchi turi 22.04.2024-yilgacha.
  • Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 29.04.2024-yilgacha.

Toʻlov valyutasi – soʻm;

Toʻlov tartibi: tugatish toʻgʻrisidagi guvohnomani ijro etgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida 100%.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.

E-mail:  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Telefon: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2024-yil 12-aprel kuni 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda, quyidagi pochta orqali qabul qilinadi:  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

02.04.2024ga qadar potensial yetkazib beruvchi ushbu tenderda ishtirok etish uchun arizani (erkin shaklda) yuqoridagi elektron pochtaga yuborishi kerak.

Tender hujjatlarini olish uchun bu yerga bosing.