UZCARD “YUPM” AJning elektron hujjat aylanishini rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi

Tender bosqichlari:

1. Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 23.04.2025y.
2. 30.04.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchilarga ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu tenderda ishtirok etishlarini tasdiqlash tavsiya etiladi. Erkin shakldagi ariza quyidagi elektron pochta manziliga yuboriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga 01.05.2025 dan 02.05.2025 gacha bir vaqtning o‘zida Buyurtmachining kutayotgan natijalari bilan tanishish uchun onlayn uchrashuv o‘tkaziladi.
3. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar yozma ravishda 01.05.2025 yilgacha elektron pochta orqali yuborilishi kerak. Javoblar 05.05.2025 yilgacha taqdim etiladi.
4. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 08.05.2025 yilgacha Toshkent vaqti bilan soat 18.00 dan kechiktirmay taqdim etishi shart.
5. 19.05.2025 yilgacha takliflarni baholash (ishtirokchilarning yechimlarini taqdim etish uchun onlayn uchrashuvlar tashkil qilinishi mumkin).
6. 23.05.2025 yilgacha muzokaralarning ikkinchi bosqichi.
7. Tender natijalarini 28.05.2025 yilga qadar tasdiqlash.

To‘lov valyutasi – so‘m;
To‘lov tartibi: ishni tugatganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida 100%.

Mas’ul shaxs:
Rahimov Kozimjon – xaridlar bo‘limi.
E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz
Mob: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2025-yil 8-may soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.

30.04.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchiga ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu tenderda ishtirok etishini tasdiqlash tavsiya etiladi (erkin shakl).

Tender hujjatlarini olish uchun quyida keltirilganning havola ustiga bosing.