UZCARD qishloq maktablarini kompyuter sinflari bilan jihozlash bo‘yicha tender e’lon qiladi

Tender o‘tkazish bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniya veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 19.09.2024-yil.
  2. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 24.09.2024-yilgacha elektron pochtaga yozma ravishda yuborilishi lozim. Javoblar 25.09.2024-yilgacha taqdim etiladi.
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 27.09.2024-yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etishi kerak.
  4. Takliflarni baholash 04.10.2024-yilgacha.
  5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 09.10.2024-yilgacha.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 18.10.2024-yilgacha.

 

To‘lov valyutasi – so‘m;

Hisob-kitob tartibi: hisob-faktura rasmiylashtirilgandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni ichida 100 foiz to‘lov amalga oshiriladi.

 

Mas’ul shaxs:

Rahimov Kozimjon – Xaridlar departamenti.

E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Mob: +998(97) 344-49-55

 

Tender hujjatlari 2024-yil 27-sentyabr kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz  manziliga qabul qilinadi.

Potensial yetkazib beruvchiga 2024-yil 24-sentyabrgacha yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ushbu tenderda ishtirok etish uchun ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.

Tender hujjatlarini olish uchun havolani bosing.