Ipoteka Bankdagi UZCARD oilaviy kartalari — iPhone, iPad va Apple Watch yutib olish imkoniyati!

Ipoteka Bank va UZCARD to‘lov tizimi hamkorlikda yangi — “Oilaviy karta — oilaviy bonuslar” aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi.
UZCARD’ning kattalar va bolalar kartalarini birgalikda rasmiylashtirgan mijozlar qimmatbaho sovrinlar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, birinchi 80 nafar ishtirokchilar esa shu zahoti sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Aksiya 2025-yil 29-iyuldan 10-dekabrgacha Ipoteka Bank’ning barcha ofislarida amal qiladi.
Unda ishtirok etish uchun quyidagilar kifoya:

  • UZCARD’ning ikkita kartasini — kattalar va bolalar kartasini rasmiylashtirish;
    • har bir karta orqali kamida uchta xaridni amalga oshirish: do‘konlarda, onlayn yoki xizmatlar uchun to‘lov shaklida.

Sovrinlar orasida –  5 dona iPhone 16 Pro smartfoni,  5 dona iPad plansheti, 10 dona iWatch aqlli soatlari va eng tezkor mijozlar uchun 80 dona stol o‘yinlari mavjud.

Bolalar kartasini rasmiylashtirish uchun ota-onaning pasporti va bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi talab etiladi.
Bu — bolalarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish va xarajatlarini nazorat qilish uchun qulay vosita, oilangiz uchun esa kundalik xaridlar orqali qo‘shimcha afzalliklarni qo‘lga kiritish imkoniyatidir.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumotni Ipoteka Bank ofislarida va rasmiy veb-saytdan olishingiz mumkin.