UZCARDning «Kartani uygʻoting» aksiyasi yakuni doirasida yangi turar-joy majmuasidan xonadon oʻynaldi

2024-yil 7-sentabrda «Yangi Oʻzbekiston» parkida UZCARD «Kartani uygʻoting» aksiyasi doirasida yakuniy oʻyinni oʻtkazdi va bitta 50 million soʻm miqdoridagi sertifikat, shuningdek, uchta 15 million soʻm miqdoridagi sertifikat goʻliblarisni aniqladi. 2024-yilning 1-avgustidan 31-avgusti davomida aksiya ishtirokchilari tomonidan toʻplangan imkoniyatlar orasida pul mukofotlari oʻynaldi.

Xuddi shu kuni komissiya aʼzolari yakuniy oʻyin gʻolibi va asosiy mukofot boʻlmish yangi turar-joy majmuasidan xonadon egasini ham aniqladilar. Xonadon, aksiyada belgilangan qoidalariga koʻra, 2024-yilning 15-mayidan 31-avgustigacha boʻlgan muddat davomida kamida 15 ta imkoniyatni toʻplagan aksiya ishtirokchilari orasida oʻynaldi.

Oʻyin translyatsiyasining yozuvini YouTubeʼdagi UZCARDning rasmiy sahifasida koʻrishingiz mumkin.

Aksiyaning uchinchi va yakuniy oʻyini natijalariga koʻra, sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:

ID kod: 961582591, karta raqami: 8600********0339 – 15 million soʻm;

ID kod: 911999684, karta raqami: 8600********1981 – 15 million soʻm;

ID kod: 820949009, karta raqami: 5614********0934 – 15 million soʻm;

ID kod: 030122759, karta raqami: 8600********4417 – 50 million soʻm;

ID-kod: 628066621, karta raqami: 8600********0870 – xonadon.

Shuningdek, oʻyin kuni aksiyaning ikkinchi bosqichi gʻoliblariga sovrinlarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim doirasida 15 million soʻm miqdoridagi 2 ta va 50 million soʻm miqdoridagi bitta sertifikat oʻz egalariga taqdim etildi.

UZCARD barcha qimmatbaho sovrin egalarini sidqidildan tabriklaydi va ishtirokchilarga ularning faolliklari uchun minnatdorchilik bildirib, navbatdagi UZCARD aksiyalarida omad tilaydi!

Veb-sayt: promo.uzcard.uz

Telegram: t.me/uzcard

Instagram: www.instagram.com/uzcard.uz/

YouTube: www.youtube.com/@uzcard7455