15–17 sentyabr kunlari UZCARD to‘lov tizimi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro fintech ko‘rgazmasi Money20/20 Middle Eastda ishtirok etadi. Kompaniya hamkor maqomida qatnashib, O‘zbekistonni raqamli moliya sanoatining jahon yetakchilari orasida namoyish etadi.
Joriy yil iyun oyida UZCARD to‘lov tizimi tarkibiga kiruvchi UCMG kompaniyalar guruhi Amsterdamda bo‘lib o‘tgan Money20/20 Europe ko‘rgazmasida qatnashib, O‘zbekiston nomidan ilk bor open banking, raqamli to‘lovlar va mamlakat bo‘ylab to‘liq qamrovga ega milliy to‘lov tizimi bo‘yicha innovatsion yechimlarni taqdim etdi.
Yaqin Sharq bozoriga chiqish — bu global ishtirokni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sari muhim strategik qadamdir.
«Money20/20 Middle Eastdagi ishtirokimiz bizning global harakatning bir qismi bo‘lish va O‘zbekistonda allaqachon amalga oshirilgan tajribalarni ulashish strategiyamizni aks ettiradi. Biz ochiq ekotizimni qurmoqdamiz, u shaffoflik, texnologiyaviylik va integratsiya tamoyillariga asoslangan. Biz rivojlantirayotgan open banking modeli o‘z miqyosi bilan tasdiqlangan, real infratuzilmada ishlamoqda va mamlakat tashqarisida ham kengayishga tayyor. Bugun biz xalqaro hamkorliklarni kengaytirish, strategik alyanslar va boshqa mamlakatlarning moliyaviy tizimlarini mustahkamlashga qodir yechimlarni joriy etishga e’tibor qaratmoqdamiz», — dedi David Melikidze, UCMG MCHJ bosh direktori.
UZCARD global maydonga aniq missiya bilan chiqmoqda: O‘zbekiston — shunchaki rivojlanayotgan bozor emas, balki o‘zining fintech texnologiyalari, yetuk to‘lov arxitekturasi va global ta’sir ambitsiyalariga ega mamlakat ekanini ko‘rsatish.