FINTECH LEAGUE 2025 qur’a tashlash marosimi: O‘zbekiston fintech sanoati yetakchilari o‘rtasida eng kutilgan futbol turniri boshlandi

UZCARD tomonidan tashkil etilgan yangi futbol turniri 2025 yilgi musobaqa mavsumida ishtirok etish uchun yetakchi moliyaviy va texnologiya kompaniyalari jamoalarini birlashtiradi.

7 aprel kuni UZCARD ofisida O‘zbekistonning moliya va raqamli sektor jamoalari o‘rtasidagi korporativ futbol turnirining yangi mavsumi – FINTECH LEAGUE 2025 uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnir “FOOTBALL CORP” MChJ tomonidan mamlakat to‘lov bozorining asosiy ishtirokchilarini birlashtirib turadigan milliy protsessing markazi – UZCARD ko‘magida tashkil etiladi. Turnir ishtirokchilari orasida: Soliq Service, Hamkorbank, BTech, Xalqbank, Mybank, SQB, UZCARD, Alif, Poytaxtbank, Asakabank, NBU, Beelab, Tengebank, Paynet, BRB, Infinbank, Agrobank, Hayotbank, Ucell, Markaziy bank, Turonbank, OFB, Mkbank va Anor.

Jamoa sardorlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan rasmiy qur’a jarayonida oltita guruh tarkibi aniqlandi. Fintech League guruh bosqichidan boshlanadi, shundan so‘ng 16 ta eng kuchli jamoa pley-off bosqichiga o‘tadi.

Turnir formati:

• 4 ta jamoadan 6 ta guruh;
• guruh bosqichida 36 ta o’yin;
• 13 ta pley-off o‘yini;
• Yakuniy kun – 2 ta hal qiluvchi o’yin;
• Jami: 51 ta o‘yin.

O‘yin kunlari “Bunyodkor” stadionida 12 apreldan 31 mayga qadar har dam olish kunlari ikkita parallel maydonda bo‘lib o‘tadi. Turnirning birinchi kuni, 12 aprel kuni tomoshabinlar uchun 6 ta o‘yin taqdim etiladi.
Moliyaviy soha vakillari o‘rtasida futbol turniri birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q. 2024-yilda UZCARD tomonidan O‘zbekistonning yetakchi banklari jamoalari ishtirok etgan Bank ligasi tashkil etildi. Musobaqa bir necha bosqichlarni iborat bo‘lib, keng ko‘lamli final bilan yakunlandi va unda O‘zbekiston Milliy banki jamoasi g‘alaba qozondi. Turnir ishtirokchilarning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi va sohada barqaror sport an’analarini shakllantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi.

«2024-yilda UZCARD tomonidan O‘zbekistonning yetakchi banklari o‘rtasida futbol turniri tashkil etildi, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi va yorqin final bilan yakunlandi, unda O‘zbekiston Milliy banki jamoasi g‘alaba qozondi. Turnir ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va sohada barqaror sport an’analarini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Fintech ligasining yangi turniri tarkibni kengaytirish, fintech sanoati yetakchilarini jalb qilish va ularga o‘z kuchini namoyish etish uchun noyob imkoniyat berish uchun eshiklarni ochadi», – David Melikidze, UCMG bosh direktori.

Tashkilotchilar nafaqat sifatli futbolni, balki iliq muhitni, adolatli o‘yinni va mavsumning yorqin finalini ham va’da qilmoqdalar.
_____________________________________________________________________________

UZCARD – O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi bo‘lib, kompaniyaning asosiy maqsadi milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy izlash, rivojlantirish va takomillashtirish, zamonaviy xizmatlarni modernizatsiya qilish va fintech sanoati sohasida xizmatlarni kengaytirishdan iborat.

Web-site: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard