1-lot: focus-guruh boʻyicha izlanishlarni oʻtkazish (koʻchmas mulkni sotib olishda boʻlib-boʻlib toʻlashdan foydalanuvchilarning va muhim xarajatlar uchun vaqtinchalik pul yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan savdogarlarning muammolarini oʻrganish).
2-lot: bank kartalaridan foydalanmaydigan mijozlarni oʻrganish (bank xizmatlaridan foydalanmaydigan aholining ehtiyojlarini va ularga bank kartasini ochishda toʻsqinlik qiluvchi omillarni oʻrganish).
Tanlov bosqichlari:
1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va Tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 09/04/2025y.
2. Potensial xizmat koʻrsatuvchi provayder hujjatlar toʻplamini tayyorlab, uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 16/04/2025 y. soat 17:00 gacha.
3. Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqlarga muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi – 18/04/2025 yilgacha.
4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, Ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 22/04/2025 yildan kechiktirmay yuboradi.
5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 29.04.2025 yilgacha.
Tijorat takliflari hujjatlar to‘plami bilan 2025-yil 16-aprel soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Qo‘riqlash boshqarmasi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– baholash mezonlarining to‘ldirilgan jadvali (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– TT shakli (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– Shartnomaning Asosiy Shartlari bilan to‘ldirilgan fayl (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq).
Ishtirokchilar to‘ldirish kerak bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.