Ushbu tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning muddati 10.06.2025- yil gacha uzaytirilganligi to‘g‘risida sizga xabar beramiz.
Tanlov bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va Tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 03/06/2025y.
- Potensial xizmat koʻrsatuvchi provayder hujjatlar toʻplamini tayyorlab, uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 10/06/2025 soat 17:00 gacha.
- Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqlarga muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi – 13/06/2025 yilgacha.
- Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, Ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 17/06/2025 yildan kechiktirmay yuboradi.
- Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 24/06/2025 yilgacha.
Tijorat takliflari hujjatlar to‘plami bilan 2025-yil 10-iyun soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Xavfsizlik bo‘limi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– baholash mezonlarining to‘ldirilgan jadvali (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– TT shakli (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– Shartnomaning Asosiy Shartlari bilan to‘ldirilgan fayl (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq).
Ishtirokchilar to‘ldirilishi kerak bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.