HamkorBank UZCARD Moment kartalarini chiqarishni boshladi

UZCARD Moment kartasi tezlik va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan: uni bank ofisida darhol, ortiqcha tartib-taomillarsiz va kutuvlarsiz olish mumkin.

Endilikda DavrBank, Universalbank va Mikrokreditbankdan tashqari, ushbu kartani mamlakatdagi eng yirik xususiy banklardan biri — HamkorBankda ham rasmiylashtirish mumkin. Bu esa xizmat ko‘rsatish hududining kengayishi, mijozlar sonining ortishi va ilgari bank xizmatlaridan foydalanmagan fuqarolarga ham xizmatdan foydalanish imkonini anglatadi.

UZCARD vakillari ta’kidlaganidek, Moment kartasining joriy etilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish va moliyaviy vositalar mavjudligini oshirish strategiyasining bir qismidir. Yaqin orada ushbu kartani rasmiylashtirish geografiyasi yanada kengayadi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish yanada tezroq va qulayroq bo‘ladi.