Aksiya ishtirokchilari va UZCARD kartalari egalarining ko‘plab talablariga ko‘ra, “‘YUPM” AJ UZCARDdan “Kartani uyg‘oting” aksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi.
Kompaniya o‘z foydalanuvchilari manfaati uchun ishlaydi va nafaqat moliyaviy operatsiyalarni osonlashtirishga, balki mijozlarning imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi. Endi aksiyada ishtirok etish uchun kartangizni avval bo‘lgani kabi veb-sayt yoki aksiya botida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz shart emas. 2024-yil 24-iyuldan boshlab har qanday UZCARD karta egasi o‘zining UZCARD kartasidan 100 000 so‘m va undan ortiq miqdorda naqd pul yechib olish, xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, pul o‘tkazish yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirish orqali avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Mazkur o‘zgarishlar ishtirok etishni soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, barcha karta egalariga yirik pul mukofotlari yoki yangi turar joy majmuasidagi xonadon o‘ynaladigan yutuqli o‘yinda ishtirok etish va o‘z omadini sinab ko‘rish imkonini beradi.
UZCARD kartasi bilan 100 000 so‘mdan boshlab amalga oshiriladigan har bir operatsiya uchun karta egasiga imkoniyat beriladi. Ularning sonini aksiya botida tekshirish mumkin. Aksiya qoidalari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning:
Veb-sayt: promo.uzcard.uz
Telegram boti: UZCARD_promo_bot
Call Centre: +998 (71) 200 28 28 / 1257.