UZCARD va Ozarbayjon Xalqaro Banki (ABB) birgalikda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida Ozarbayjon Xalqaro Banki (ABB) delegatsiyasi UZCARD ofisiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar bank kartalari, moliyaviy texnologiyalar va bank sohasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar. Uchrashuvda ayniqsa, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ushbu yo‘nalishda kelgusidagi rejalar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhimligini ta’kidlab, moliyaviy texnologiyalar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim bosqich bo‘ldi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bank sohasi va ikki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.