UZCARDning Toshkentdagi xalqaro bank ko‘rgazmasida ishtiroki natijalari

16-18 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz”da Banks&Business Expo 2025 xalqaro bank ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda UZCARD to‘lov tizimi raqamli to‘lovlar va ekvayring infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi asosiy yechimlarni taqdim etdi.

Kompaniya stendida zamonaviy POS-terminallarga integratsiyalashgan QR-kod orqali naqd pulsiz hisob-kitob qilishning universal vositasi Tez QR tizimining ishlashi namoyish etildi. Ushbu yechim ulanishning qulayligi, qonuniy jihatdan shaffofligi va foydalanuvchilarning keng qamrovi tufayli bank sektori va tadbirkorlik subyektlari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

16 aprel kuni forumning biznes dasturi doirasida UZCARD Axborot xavfsizligi departamenti direktori Andrey Shishkin “Toʻlov tizimlari, blokcheyn va raqamli valyutalar kelajagi” panel muhokamasida soʻzga chiqdi. U o‘z nutqida to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, kibertahdidlarga qarshilik ko‘rsatish va moliya tizimiga ochiq standartlarni joriy etish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rgazma davomida UZCARD stendiga tashrif buyuruvchilar o‘rtasida interaktiv tadbirlar va sovrinli o‘yinlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar sovg‘alar va kompaniya merchlarini yutib olish, shuningdek, xaridlar uchun to‘lovlarni Tez QR tizimi orqali amalga oshirib, qimmatbaho sovg‘alar o‘yinda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ko‘rgazma yakuniga ko‘ra UZCARD kompaniyasi tashkilotchilar tomonidan soha rivojiga qo‘shgan hissasi va kompaniyaning ko‘rgazmadagi yorqin taqdimoti uchun faxriy mukofot bilan taqdirlandi.

Uch kun davomida ko‘rgazmaga banklar, fintech kompaniyalari, investitsiya tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan idoralar vakillari tashrif buyurdilar; mehmonlarning umumiy soni 10 000 dan ortiq kishini tashkil etdi.

Banks&Business Expo 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etish UZCARD ga joriy texnologik ishlanmalarni taqdim etish va bozorning asosiy ishtirokchilari bilan professional fikr almashish imkonini berdi.