Soat 15:30 dan 16:06 gacha provayder tomonida rejalashtirilmagan profilaktik ishlar olib borilgani sababli ayrim servislar faoliyatida uzilishlar kuzatildi.
Shu munosabat bilan foydalanuvchilarning bir qismi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida vaqtinchalik qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lishi mumkin.
E’tiboringizni shunga qaratamizki, to‘lov tizimi odatiy rejimda, hech qanday nosozlik va cheklovlarsiz faoliyat yuritgan.
Ayni paytda provayder faoliyati barqarorlashtirildi, barcha resurslardan foydalanish to‘liq tiklandi.
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.