«Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi» MChJ ishtirokchilari tarkibida o‘zgarish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi 168-sonli “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lgan “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” MChJning (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) ustav fondidagi 75 (etmish besh) foizga teng bo‘lgan ulushi O‘zbekiston Respublikasi “Ma’suliyati cheklangan hamda qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar tug‘risida”gi Qonunining 20-moddasining 4-qismiga va “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 4-bob 14-bandi (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-sonli qarorining ilovasi)ga muvofiq Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi o‘z ulushlariga mutanosib ravishda sotish yo‘li bilan taqsimlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, ishtirokchilar tarkibida o‘zgarishlar UZCARD to‘lov tizimining faoliyatiga hamda karta egalariga hech qanday ta’sir qilmaydi. “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” MChJ so‘nggi texnologiyalarni joriy etgan holda, avvalgidek UZCARD to‘lov tizimi karta egalari uchun sifatli servis hamda to‘lov tizimning ishtirokchilari va hamkorlari uchun xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini taqdim etishga intiladi.