“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ ma’lum qiladi, 2025-yil 28-avgust kuni UZCARD tizimida rejalashtirilmagan profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagilarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin:
bankomatlarda (ATM),
E-POS va POS terminallarida,
xalqaro bank kartalarida,
xorijda kobeydjing kartalarda.
Shuningdek, UZCARD sayti faoliyatida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va mutaxassislarimiz nosozliklarni bartaraf etish hamda tizim barqaror faoliyatini tiklash ustida ishlayotganini ma’lum qilamiz.
Tushunganingiz uchun rahmat!