Rossiyadan UZCARD kartalariga «KWIKPAY» xalqaro pul oʻtkazmalari

UZCARD kartalari egalari bugungi kunda Rossiyadan eng yangi “KWIKPAY” xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz kartalariga pul olishning noyob imkoniyatiga ega.

Loyiha KWIKPAY innovatsion fintex-servisi tomonidan Oʻzbekistondagi hamkor bank “Uzumbank” AJ koʻmagida ishga tushirildi. Loyihaning texnik integratori boʻlib “Plum technologies” MChJ chiqdi. Servis butun dunyo boʻylab mijozlar uchun moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu yechim foydalanuvchilarga Rossiya banklari kartalaridan UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalarini juda qulay va tez amalga oshirish imkonini beradi. UZCARD kartalariga pul oʻtkazish bir zumda sodir boʻladi. Pul oʻtkazmasi nol vositachilik haqi bilan rublda yuboriladi va qabul qiluvchining Oʻzbekistondagi hisob raqamiga foydalanuvchilar uchun manfaatli kurs boʻyicha milliy valyutada oʻtkaziladi. Servisdan foydalanganda hech qanday yashirin vositachilik haqlar yoʻq. Buning uchun mobil ilovada qabul qiluvchining mamlakatini, uning ismini va karta raqamini kiritish lozim – qoʻshimcha parametrlarni koʻrsatish kerak emas.

Servisdan jismoniy shaxs va biznes foydalanishi taxmin qilinadi. Jismoniy shaxslar qarindoshlari va doʻstlariga pul oʻtkazishlari, shuningdek tizimda mavjud boʻlgan mamlakatlardan tovarlar va xizmatlar haqini toʻlashlari mumkin. Kompaniyalar va tadbirkorlar xorijda tovarlarni sotib olishlari, shuningdek chet ellik ishchilarga ish haqi toʻlashlari mumkin.

Transchegaraviy oʻtkazmalarning eng katta hajmi bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida amalga oshirilmoqda. Bunday oʻsishning asosiy ragʻbatlantiruvchi omillar boʻlib hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini mustahkamlash, yagona choksiz toʻlov maydonini yaratish boʻyicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida har yili koʻpayib boruvchi oʻzaro sayyohlik oqimlari, transport-logistika aloqalari va mehnat munosabatlari xizmat qildi.