Yagona umumrespublika protsessing markazi texnik va profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli POS-terminallarni Mobi.uz mobil operatorining SIM-kartalari orqali ulanishda qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkinligini maʼlum qiladi. Kompaniya vakillari cheklovlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Boshqa uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalariga ega POS-terminallar odatdagidek ishlamoqda. Texnik ish paytida boshqa operatorlarning SIM-kartalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Mobi.uz SIM-kartali POS-terminallar faoliyatini qayta tiklangani haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.