“YUPM” MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan Olimjon Asrarovich Zakirov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Zakirov Olimjon 2005 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomladi. 2007 yilda u Birlashgan Qirollikning Bornmut universitetida magistrlik darajasini oldi. 2019-yildan buyon “YUPM” MChJda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. “YUPM” MChJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar bosh direktorning moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2022 yil 31 oktyabrda Ziyaev Farrux G‘olibsherovich kompaniya tarkibidagi boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan “YUPM” MChJ bosh direktorining vakolatlarini bekor qildi.