UZCARD naqd pulsiz iqtisodiyotga o‘tish zamirida bank kartasining yangi modelini rivojlantirmoqda

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar kundalik hayotning tabiiy qismiga aylanib borayotgan zamonaviy to‘lov muhiti izchil shakllantirilmoqda. Bu o‘zgarishlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246-sonli Farmoni bilan mustahkamlanib mamlakat moliya infratuzilmasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, nafaqat to‘lovlarni qabul qilish infratuzilmasini kengaytirish, balki moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini soddalashtirish ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

UZCARD banklar bilan hamkorlikda yangi format — UZCARD Moment — bir zumda taqdim etiluvchi kartalarini joriy qilmoqda. Bu yerda gap shunchaki navbatdagi karta mahsuloti haqida emas, balki bank kartalarini chiqarish va tarqatishning yangi modeli xususida bormoqda. Ilgari kartani olish vaqt talab qilar edi: bank filialiga murojaat qilish, ariza to‘ldirish, karta chiqarilishini kutish va shundan so‘nggina undan foydalanishni boshlash kerak bo‘lardi.

Endi bu model o‘zgarmoqda. Karta oldindan chiqarilib, foydalanuvchiga tayyor vosita sifatida berilishi mumkin, uni faollashtirish esa bankning mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi. Bu kartani olish jarayonini soddalashtirish va tezlashtirishga, uni kundalik hayotning bir qismiga aylantirishga imkon beradi.

Bugungi kunda Moment kartalari nafaqat bank bo‘limlarida, balki odamlar gavjum joylarda — transport infratuzilmasi yaqinida, yonilg‘i quyish shoxobchalarida, savdo hududlarida hamda shahar va viloyat miqyosidagi boshqa manzillarda tarqatilishi mumkin.

Shunday qilib, bank kartasini haqiqatan odamlarga zarur bo‘lgan joyda — kutish va ortiqcha harakatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchilar uchun bu to‘lov, pul o‘tkazmalari va boshqa moliyaviy xizmatlardan tez va oson foydalanish demakdir.

Banklar va hamkorlar uchun bu mijoz bilan ishlashning yangi modelidir: tarqatish tarmog‘ini kengaytirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va qamrovni, jumladan, ilgari jalb etilmagan segmentlarni ham qamrab olish imkoniyatidir.

Iqtisodiyotda naqd pulsiz vositalardan foydalanish ko‘lamining kengayishi sharoitida bunday model yanada dolzarblashib, mamlakat to‘lov tizimi rivojlanishining keyingi bosqichiga o‘tayotganini aks ettiradi. Bu bosqichda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkon qadar soddalashadi va kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanadi.

Bugungi kunda UZCARD Moment kartalarini Universalbank, Mikrokreditbank, Davr Bank, Hamkorbank, BRB va Xalq banki kabi bir qator banklardan olish mumkin. Loyiha ishtirokchilari ro‘yxati kengayib bormoqda.

Shuningdek, Alif to‘lov tashkiloti Davr Bank bilan hamkorlikda bir zumda beriladigan ko-brending kartasini chiqarmoqda.

Muhimi, ushbu model karta mahsulotlarining yangi formatlari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xususan, uning negizida to‘lov funksiyalarini sodiqlik dasturi hamda foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha xizmatlar bilan birlashtirgan “Fan Card”, ya’ni muxlislik kartasi kabi ko-brend yechimlari joriy etilmoqda.

UZCARD Moment bank xizmatlarining klassik modelidan iste’molchilar uchun yanada qulay va moslashuvchan formatga o‘tishni ifodalaydi.

Kartani mavjudligi va rasmiylashtirilish shartlari haqidagi amaldagi batafsil ma’lumotlarni tegishli bankning aloqa markazi yoki filiallariga aniqlik kiritishingiz mumkin.