UZCARD: transportda naqd pulsiz to‘lovlarning o‘sishi kuzatilmoqda

Joriy yilning oxirgi oylarida butun respublika bo‘ylab transport infratuzilmasida naqd pulsiz to‘lovlarning sezilarli darajada ko‘payishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, jamoat transportida UZCARD kartalari bilan amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni keskin oshgani e’tiborga molik. Bunday o‘zgarishlar UZCARDning «Manzillar yaqinroq» aksiyasi tufayli yuz berdi. Ushbu aksiya doirasida hududlar aholisi UZCARD kartalari bilan to‘lov amalga oshirganda yo‘l haqi uchun chegirma olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

UZCARD 2024-yil 1-mayda boshlangan «Manzillar yaqinroq» aksiyasini tahlil qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning may oyidan oktyabr oyiga qadar Andijon viloyatida transportda naqd pulsiz to‘lovlar hajmi 111% ga yetdi. Termizda yil boshidan buyon o‘sish 29 barobar oshgan. Faol rivojlanayotgan boshqa hududlar orasida  naqd pulsiz to‘lovlar Qo‘qon (+61%) Qarshi (+60%) Urganch (+57%) va Samarqand (+25%) shaharlariga ajratiladi. Ta’kidlash joizki, UZCARD kartalari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar 4 barobarga oshdi va yuqorida qayd etilgan hududlarda naqd pulsiz to‘lovlar o‘sishining asosiy omiliga aylandi.

«Manzillar yaqinroq» aksiyasi 2024-yil 31-dekabrga qadar davom etadi. UZCARD sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimizning chekka hududlarida ham naqd pulsiz to‘lovlar amalga oshirilmoqda. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan innovatsion yechimlar nafaqat naqd pulsiz hisob-kitoblarning o‘sishiga yordam beradi, balki jamoat transportida sayohatni turli mintaqalar aholisi uchun yanada qulay qiladi. UZCARD xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va karta egalari uchun imkoniyatlarni kengaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.

UZCARD – O‘zbekistondagi yetakchi milliy to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib, uning operatori «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy ravishda izlash, ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish xizmatlarini modernizatsiya qilish va fintex sohasida xizmatlarni rivojlantirishdan iborat.