UZCARD biznes uchun yangi onlayn-xabarnomalar servisini ishga tushirmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-sonli Farmonini amalga oshirish doirasida UZCARD toʻlov tizimi tijorat banklari bilan birgalikda POS-tranzaksiyalar toʻgʻrisida onlayn-xabarlarning yangi servisini ishga tushirdi.

Servis banklarga POS-terminallarda amalga oshirilgan merchantlar savdosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkonini beradi. Ma’lumotlar avtomatik ravishda tuzilmalashtiriladi va bank tizimlariga push-xabarlar koʻrinishida uzatiladi.

Bu banklarga mablagʻlarni darhol merchantlarning hisobvaraqlariga oʻtkazish imkoniyatini beradi, ularga standart hisob-kitob sikllarining tugashini kutmasdan darhol tushumdan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Banklar uchun servis nafaqat qoʻshimcha xizmat, balki ekvayring biznesi daromadliligini oshirish vositasiga aylanadi.

Yangi servis naqd pulsiz toʻlovlar bilan ishlashda foydalanish tajribasini tubdan yaxshilaydi:

  • mablagʻlarning hisobga olinishini tezlashtiradi;
  • merchantlarning aylanmasi va tranzaksiya faolligini oshiradi;
  • sovdolarni tahlil va bashorat qilish uchun asos yaratadi.
  • elektron hisob-kitoblarga oʻtishda biznesga yuklamani kamaytiradi.

Servisning sinov tariqasida ishga tushirilishi Infin Bank bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Sinov jarayonida real tranzaksiya oqimlarida ma’lumotlar almashinuvining barqarorligi, biznes-mantiqning toʻgʻriligi va bank tizimi bilan integratsiyalashuvi tekshirildi.

Hozirda boshqa banklarni ulash ishlari olib borilmoqda, bu esa moliya institutlarining yangi servisga boʻlgan yuqori qiziqishini va uning bozorda talabgirligini tasdiqlaydi.