Kreditorlar diqqatiga

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ (keyingi o‘rinlarda “Jamiyat” deb yuritiladi) Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinganligi (2024 yil 1 apreldagi bayonnoma), va shu asnoda Jamiyat “Yagona umumrespublika protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi haqida ma’lum qiladi.

Qayta tashkil etish jarayoni tugallangandan so’ng Jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari bo’yicha huquqiy voris «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ bo’ladi.

Qayta tashkil etishning rejalashtirilgan muddati: 2024 yilning 20 aprel. Belgilangan muddatni o‘zgartirish qayta tashkil etish tartibiga asosan amalga oshishi mumkin.

Qayta tashkil etish tugagandan so’ng, Jamiyatning nomi, joylashgan joyi va rekvizitlari o’zgarmaydi.

Amaldagi shartnomalar bo’yicha keyingi talablar avvalgi manzilda joylashgan «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJga taqdim etilishi mumkin.