Fintex-startaplari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha «Startup Bridge» akseleratsiya dasturining birinchi bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi

2022-yil 29-mart, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi milliy to‘lov operatori UZCARD va biznesni raqamlashtirish uchun yuqori texnologiyali yechimlarni yetakchi yetkazib beruvchi «Innotex» KG “ Startup Bridge ” xalqaro akseleratsiya dasturining final bosqichi ishtirokchilarini e’lon qildi. Saralash bosqichining 6 nafar g‘olibi qatnashish uchun tanlab olindi.

“Startup Bridge” dasturi eng yaxshi texnologik loyihalarni topish va rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekistondan Rossiya moliya texnologiyalari bozorida startaplarni kengaytirishda ko‘maklashishga qaratilgan. Bir oy ichida loyiha ulkan natijalarga erishdi – texnologik kompaniyalarning 70 dan ortiq asoschilari unga qiziqish bildirishdi. Tashkilotchilar 6 nafar g‘olibni aniqlab olishdi, ular uchun mashg‘ulotlar 3-mart kunidan boshlangan edi.

Boshlang‘ich tadbirkorlar uchun «Startup Bridge»da ishtirok etish Rossiya texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikda pilot loyihani ishga tushirish uchun noyob imkoniyatdir. Boshqa bonuslar qatoriga quyidagilar kiradi: sohada qo‘llab-quvvatlash va ishlanmalarni xalqaro tashkilotlar ekotizimiga integratsiyalash imkoniyati, 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan Demo Day tadbirida o‘z yutuqlarini taqdim etish va UZCARD Ventures va «Innotex» KG, shuningdek, Rossiya venchur ekotizimining asosiy vakillaridan kapitalni jalb qilish uchun tengsiz imkoniyat.

Akselerator ishtirokchilari:

MIND – katta ma’lumotlarni (big data) qayta ishlash, biznes jarayonlari va kompaniyaning moliyaviy faoliyatini, xususan, ichki va tashqi hujjatlari aylanmasini avtomatlashtirish;

AVLO (Smart Deals) – marketpleyslarni yaratish bo‘yicha ekotizim;

GrowyMe – AI-kouching, tematik klublar, odatlar trekeri, marafon va o‘yinlar orqali samaradorlik va xabardorlikni oshirish uchun mobil ilova;

Sug‘urta Bozori – O‘zbekistondagi sug‘urta xizmatlari marketpleysi;

MARTA Terminal – NFC bo‘lgan smartfon orqali kontaktsiz to‘lov xizmati. Mobil ilova amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqida to‘liq ma’lumot, shuningdek, ma’lumotlarning batafsil tahlilini taqdim etadi;

Teamwork – O‘zbekistonda IT-xizmatlarini (frilanserlar) izlash uchun onlayn platforma..

» Startup Bridge » dasturi akseleratorning final bosqichi ishtirokchilari bilan birgalikda tuzilgan va moliyaviy modellashtirish va iqtisodiyot birligi, fandrayzing vositalari, strategik investorlardan kapital jalb qilish usullari, mahsulot metrikalari va tahlillari, venchur fondlari faoliyati tamoyillari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

“So‘nggi yillarda venchur kapital bozorida korporatsiyalar faolligi sezilarli darajada oshgani bilan ajralib turdi. Bu, ayniqsa, fintex sohasida seziladi, jumladan, 2021-yilda Rossiya venchur bozori 2020-yilga nisbatan 3,5 barobardan ko‘proqqa o‘sdi. Biz » Startup Bridge » akseleratorini ishbilarmonlik hamjamiyatining rasmiy so‘roviga javoban yaratdik. Bunday loyihalarga talab doimiy ravishda ortib bormoqda, chunki ular noyob g‘oyalarga o‘z biznesini boshlash uchun zarur poydevor va ko‘mak olishga yordam beradi. «Innotex» Rossiyadagi yetakchi dasturiy ta’minot kompaniyalaridan biri sifatida tajriba almashishga va yangi ish boshlagan tadbirkorlarga o‘z kompaniyalarini noldan qurish va ularni yangi bosqichga olib chiqishda yordam berishga tayyor”, — deya o‘rtoqlashdi «Innotex» KG bosh direktori Igor Kalganov.

“Biz akseleratsiya dasturi professional hamjamiyatda katta javob olganidan juda mamnunmiz. Venchur loyihalariga qiziqish yil sayin ortib bormoqda, shu bois O‘zbekiston milliy to‘lov operatori sifatida biz uchun bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Dasturga texnologik startaplar sohasidagi eng yaxshi murabbiylar jalb qilinadi, ular yordamida ishtirokchilar o‘z bizneslari salohiyatini chinakamiga ochib bera oladilar”, — dedi UZCARD bosh direktori Farrux Ziyaev.

Eslatib o‘tamiz, ishtirok etish uchun arizani Crowd-financing, BNPL, PFM, B2B SaaS va boshqa ishlab chiqilgan prototip yoki MVP, shuningdek hisoblangan biznes modeliga ega bo‘lgan IT-loyihalarning asoschilari topshirishlari mumkin edi. G‘oliblar professional murabbiylar va trekerlar ko‘magida maxsus 10 haftalik kursni o‘tashlari kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlar gibrid formatda UZCARD korporativ akseleratori maydonida o‘tkaziladi.

«Innotex» KG – bu zamonaviy yuqori texnologiyali tezkor rivojlanayotgan IT kompaniya. 2020-yildan beri bank sohasini raqamlashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqamiz. «Innotex» KG moliyaviy sektorning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, ularga front va bek-ofislar, zamonaviy fintex-mahsulotlari, katta ma’lumotlar bilan ishlash tizimlari uchun kompleks yechimlarni taklif etadi. Bundan tashqari, «Innotex» KG o‘z mijozlariga raqamli transformatsiya yo‘lida yordam bergan holda, buyurtma asosida har qanday murakkablikdagi texnologik loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni rasmiy saytdan topishingiz mumkin.

UZCARD – O‘zbekiston Respublikasining yetakchi milliy to‘lov operatori. Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi – milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy izlash, rivojlantirish va takomillashtirish, zamonaviy servisni modernizatsiya qilish, Fintex sanoati sohasida xizmatlarni ko‘paytirish hisoblanadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni rasmiy saytdan topishingiz mumkin.