2024-yil 25-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida ingliz tili bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tadi. Unda 9-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin boʻladi.
Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Birinchi bosqichda ishtirokchilar ingliz tili lug‘ati, grammatikasi va imlosi bo‘yicha savollar bilan sinovdan o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda 1-bosqich natijalariga ko‘ra saralangan 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar ommaviy viktorinada qatnashadi va savollarga javob beradi.
Olimpiada g‘oliblari UZCARD tomonidan qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar:
birinchi oʻrin uchun – HP Pavilion Aero noutbuki;
ikkinchi o‘rin uchun – Samsung Galaxy Tab S9;
uchinchi o‘rin uchun – Xiaomi Mi 13 Lite smartfoni.
Roʻyxatdan o’tish uchun hali vaqtingiz bor! Arizalar 2024-yil 25 fevralgacha havola orqali qabul qilinadi.