«YUPM» MChJ KIB Serchinform 5.6″ dasturiy ta’minotining texnik ta’minotidan foydalanish huquqi uchun litsenziya kalitlarini yetkazib berish bo‘yicha ijrochi tanlovini e’lon qiladi

Tanlov No. 22120012147243

Tanlov ishtirokchilarini baholashning asosiy mezonlari:

 Ishtirokchi:

– qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida emas;

– Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasida emas;

– ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lozim darajada bajarilmagan majburiyatlar yo‘qligi;

– manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki bunday ziddiyat xavfini tug‘diradigan harakatlarni amalga oshirmaydi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida mavjud emasligi;

Ofshor zonalarda ishtirokchining va ishtirokchining banki ro‘yxatdan o‘tmaganligi;

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi mavjudligi;

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

Ishtirokchi joriy tanlov uchun tijorat taklifini taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisidan ruxsatnomani taqdim etishi kerak;

Ishtirokchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisidan Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan litsenziyalar (litsenziyalarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatgan holda) qo‘shimcha litsenziyalar sotib olingan kundan boshlab 12 oy davomida texnik qo‘llab-quvvatlanishi lozimligini tasdiqlovchi Kafolat xatini taqdim etishi shart;

Ishtirokchi rezidentligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi kerak (agar ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmasa. Bundan tashqari, agar ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lsa, unda “Guvohnoma”ni ilova qilish kifoya qiladi ).

Tovarlarni yetkazib berish muddati (elektron yetkazib berish) 30 ish kuni.

Tanlovning maksimal qiymati – 31 726,00 AQSh dollari.

Moliyalashtirish manbai – “YUPM” MChJning o‘z mablag‘lari hisobiga.

 

To‘lov valyutasi:

– mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – so‘m;

– xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – AQSH dollari.

 

Tanlovda xorijiy kompaniyalar ham, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ham, shu jumladan tegishli tajribaga ega bo‘lgan, shuningdek, yuqori sifatli va o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatilishini kafolatlaydigan hamda mazkur texnik shart talablarini bajargan kichik korxonalar ishtirok etishi mumkin.

https://etender.uzex.uz rasmiy platformasiga kirib, 22120012147243-sonli lot uchun quyidagi havola orqali xarid hujjatlari, texnik shartlar va shartnoma loyihasini yuklab olishingiz kerak:
https://etender.uzex.uz/lot/147243 .

Takliflar 2022-yil 13-sentabrgacha yuqoridagi havola orqali elektron shaklda
qabul qilinadi.

 

Savollar tug‘ilsa, quyidagi rekvizitlar bo‘yicha Buyurtmachining kontakt shaxslariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Tel.: (+998) 71-202-11-18 (1045), F.I.O.: Xaitaliyeva Nargiza Burxanovna. Manzil: 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.