«YUPM» MChJ moliya-xo‘jalik faoliyatini audit tekshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov No. 22120012089541

  

Amalga oshirilayotgan/ko‘rsatilayotgan xizmatlarning asosiy maqsadlari:

BHMS va IFRS (XMHS) standartlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tizimini auditdan o‘tkazish va 2021-yil uchun IT PARK talablariga muvofiq maxsus masala auditini o‘tkazish.

LOYIHANI AMALGA OSHIRISH ASOSLARI:

O‘zbekiston Respublikasining 25.02.2021 yildagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-sonli Qonuni.

ISHLAR, XIZMATLAR RO‘YXATI VA ULARNING KO‘LAMI:

Audit quyidagilarni qamrab olishi kerak: rejalashtirish bosqichi, audit dasturi, audit hisobotlari va auditorlik xulosalarini tayyorlash. Audit bosqichlari https://etender.uzex.uz elektron platformasida batafsil bayon etilgan .

Ishni tugatish muddati – 10 ish kuni.

Tanlovning maksimal qiymati QQS bilan 180 000 000 so‘m.

Moliyalashtirish manbai – “YUPM” MChJning o‘z mablag‘lari hisobiga.

To‘lov valyutasi: so‘m

 

Tanlovda xorijiy kompaniyalar ham, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, jumladan, tegishli tajribaga ega kichik biznes subyektlari ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun https://etender.uzex.uz rasmiy platformasiga kirib, Lot No 22120012089541 havola orqali xarid hujjatlari, texnik shartlar va shartnoma loyihasini yuklab olishingiz kerak: https://etender.uzex.uz/lot/89541 .

Takliflar 2022-yil 26-mayga qadar yuqoridagi havola orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Savollar tug‘ilsa, quyidagi rekvizitlar bo‘yicha Buyurtmachining kontakt shaxslariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Tel.: (+998) 71-202-11-18 (1045), F.I.O.: Xaitaliyeva Nargiza Burxanovna. Manzil: 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.