«YUPM» MChJ 2024-yil uchun «YUPM» MChJning avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatini yetkazib beruvchi uchun tanlov eʻlon qiladi.

Tanlov bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tanlov ishtirokchisiga xarid hujjatlarining bir qismi sifatida taqdim etiladi – 19.01.2024-yilgacha.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 02.02.2024-yil soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda 02.09.2024-yilgacha kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik vazifalarga muvofiqligini texnik baholaydi.
  4. Buyurtmachi ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 13.02.2024-yilgacha yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 27.02.2024-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2024-yil 2-fevral kuni soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun taʻsis hujjatlarining roʻyxati;

– texnik talablarning toʻldirilgan jadvali;

– talab qilingan shakl boʻyicha tijoriy taklif;

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan SHKT fayli.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin.