«YUPM» MChJ 2024-yil uchun reklama materiallarini joylashtirish xizmatlari yetkazib beruvchisini tanlash boʻyicha tender e’lon qiladi

Tanlov bosqichlari:

1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida, tender ishtirokchisiga taqdim etiladi – 14.02.2024.

2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va uni mijozga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 28.02.2024-yil soat 17:00 gacha.

3. Buyurtmachi 03.06.2024-yilgacha ekspertlar bilan birgalikda olingan takliflarning texnik talablarga va texnik shartlarga muvofiqligini texnik baholaydi.

4. Buyurtmachi ishtirokchilarga yakuniy narxlar bo‘yicha so‘rov yuboradi, ishtirokchi esa o‘zining yakuniy narx taklifini – 11.03.2024-yilgacha yuboradi.

5. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 25.03.2024-yilgacha.

Tijorat takliflari 2024-yil 28-fevral soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va unda quyidagi hujjatlar to‘plami mavjud boʻlishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlarining roʻyxati;

– texnik talablarning toʻldirilgan jadvali;

– talab qilinadigan TT shakli boʻyicha tijoriy taklif;

– asosiy shartnoma talablari bilan toʻldirilgan ATX fayli.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini havoladan yuklab olishlari mumkin