«YUPM» MChJ UZCARD NFC aksiyasi doirasida reklama joylashtirish xizmatlari yetkazib beruvchisini tanlash boʻyicha tanlov eʻlon qiladi.

Lot №1: Toshkent shahridagi jamoat avtobuslari ichidagi va metro bekatlaridagi ekranlarda reklama roliini joylashtirish.

Lot № 2: Toshkent shahri va Oʻzbekiston viloyatlaridagi LED-ekranlarda reklama roligini joylashtirish.

Lot № 3: Influenserlar tomonidan tadbirni yoritish (bloggerlarning stories va postlari).

1.2. Tanlov bosqichlari.

  1. Texnik shartlar va baholash mezonlari tanlov hujjatlarining bir qismi sifatida barcha tanlov ishtirokchilariga taqdim etiladi – 19.10.2023-yilgacha.
  2. Tanlov ishtirokchilari 2023-yil 25-oktabr soat 16-00 gacha (shu kuni ham) qadar har bir joylashtirish turi boʻyicha tanlov hujjatlari toʻplamini tayyorlaydilar.
  3. Qabul qilingan takliflarni malakaviy baholash – 27.10.2023-yilgacha.
  4. Yakuniy narxlar soʻrovi va narxlarni baholash – 28.10.2023-yilgacha.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – taxminan 1.10.2023-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2023-yil 25-oktabr soat 16:00 gacha Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin.