«YUPM» MChJ UZCARD SMM xizmati yetkazib beruvchini tanlash uchun tanlov eʻlon qiladi. Lot №1: Ijtimoiy tarmoqlarda brendni ilgari surish xizmati (SMM)

Tanlov bosqichlari

  1. Texnik vazifalar va baholash mezonlari tanlov hujjatlarining bir qismi sifatida barcha tanlov ishtirokchilariga taqdim etiladi – 15.01.2024-yilgacha.
  2. Tanlov ishtirokchilari 30.01.2024-yil soat 16-00 gacha (shu soatda ham) har bir joylashtirish turi uchun tanlov hujjatlari paketini tayyorlaydilar.
  3. Qabul qilingan takliflarni malakaviy va texnik baholash – 02.05.2024-yilgacha.
  4. Yakuniy narxlar soʻrovi va narxlarni baholash – 02.09.2024-yilgacha.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – taxminan 29.02.2024-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2024-yil 30-yanvar soat 16:00 gacha Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin.