UZCARD toʻlov tizimi kartalari egalari Uzum Market milliy marketpleysidan buyurtmalarni onlayn toʻlaganda 5% keshbek va Uzum Bank ilovasi orqali tarqatish punktlarida olishda buyurtmani toʻlaganda 2% keshbek oladilar.
Keshbek Uzum Bank ilovasidagi elektron hamyonga tushadi, uni har qanday xarid yoki pul oʻtkazmalariga sarflashingiz mumkin. Aksiya 2023-yil 7-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha mamlakatning barcha banklarining UZCARD toʻlov kartalari egalari uchun amal qiladi.
— Uzum ekotizimi va UZCARD toʻlov tizimining qoʻshma loyihasi tufayli yangi yil arafasidagi xaridlar yanada qulay boʻladi, – dedi Uzum tijorat direktori Otabek Kurbanov. – Bunda, Uzum Bank ilovasidagi keshbek – bu har doim oʻz xohishingizga koʻra sarflashingiz mumkin boʻlgan haqiqiy puldir, masalan, Uzum Market yoki Uzum Tezkordagi kelgusi buyurtmalar uchun.
— Agar sizda hali UZCARD kartasi boʻlmasa, istalgan banklarning birida NFC qoʻllab-quvvatlaydigan yangi kontaktsiz UZCARD kartasini ochish vaqti keldi, chunki 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 14-yanvargacha boʻlgan davrda yangi namunadagi UZCARD kartasini ochib, ushbu kartadan 200 ming soʻmdan ortiq miqdorda bir martalik toʻlovni amalga oshirib, foydalanuvchilar “Cheksiz NFC” aksiyasi doirasida BYD Song Plus elektromobili yoki issiq o’lkalarga sayohat yutib olish imkoniyatiga ega boʻladilar”, – deya ta’kidlab oʻtdi UZCARD Bosh direktori Olim Zakirov.
Uzum Bank va UZCARD toʻlov tizimi aksiyasi haqida batafsil ma’lumotni https://uzum.uz/promo/uzcard veb-saytida, shuningdek UZCARD foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash xizmatining 1257 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.