2024-yil 15-maydan boshlangan UZCARD kompaniyasining «Kartani uygʻoting» aksiyasining birinchi bosqichi yakunlanganligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
2024-yil 15-maydan 30-iyungacha botda yoki aksiyaning veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan, 100 000 soʻmdan boshlab xaridlarni, pul oʻtkazmalarini amalga oshirgan yoki naqd pul mablagʻlarini yechgan barcha ishtirokchilarga noyob 8 xonali ID-kodlari taqdim etildi. Har bir ishtirokchi aksiyaning rasmiy botida oʻz imkoniyatlarining ID-kodlarini tekshirishi mumkin.
Belgilangan ID-kodlar 2024-yil 5-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Birinchi bosqichning sovrinli oʻyinida ishtirok etadi. Sizda jarayonni UZCARDning Instagramdagi sahifasida yoki promo.uzcard.uz veb-saytida jonli tomosha qilish imkoni boʻladi.
Jonli efir Toshkent vaqti boʻylab soat 20:00 dan to 21:00 gacha boʻlib oʻtadi.
Birinchi bosqichda quyidagi sovrinlar oʻynaladi:
• 15 million soʻm miqdoridagi pul sertifikatlari – 3 dona;
• 50 mln soʻm miqdorida pul sertifikati – 1 dona.
Sovrinli oʻyin uchun imkoniyat toʻplashga ulgurmaganlardan aslo umidsizlikka tushmasliklarini soʻraymiz. Siz keyingi ikki bosqichda ishtirok etishingiz va hatto butun aksiyaning bosh sovrini boʻlmish – yangi turar-joy majmuasidan yangi kvartirani yutib olishingiz mumkin. Buning uchun UZCARD kartangizni botda yoki aksiya veb-saytida roʻyxatdan oʻtkazing va 100 000 soʻmdan boshlab toʻlovlarni, pul oʻtkazmalarini yoki xaridlarni amalga oshiring va imkoniyatlarni toʻplang.
«Kartani uygʻoting» aksiyasi uch bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich 15.05.2024 – 30.06.2024
- 15 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 3 dona.
- 50 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 1 dona.
2-bosqich 01.07.2024 – 31.07.2024
- 15 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 3 dona.
- 50 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 1 dona.
3-bosqich 01.08.2024 – 31.08.2024
- 15 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 3 dona.
- 50 million soʻm miqdoridagi pul sertifikati – 1 dona.
Asosiy bosqich 15.05.2024 – 31.08.2024
- Kvartira toʻlovi uchun sertifikat – 1 dona.
Sizga omad tilaymiz!