Tanlov bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 02/04/2025 y.
- Potensial xizmat koʻrsatuvchi provayder hujjatlar toʻplamini tayyorlab, uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 11/04/2025 y. soat 17:00 gacha.
- Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqlarga muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi 16/04/2025 yilgacha.
- Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, Ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 18/04/2025 yildan kechiktirmay yuboradi.
- Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 04.2025 yilgacha.
Tijorat takliflari hujjatlar to‘plami bilan 2025-yil 11-aprel soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Qo‘riqlash boshqarmasi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– baholash mezonlarining toʻldirilgan jadvali (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– TT shakli (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq);
– Shartnomaning Asosiy Shartlari bilan toʻldirilgan fayl (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq).
Ishtirokchilar toʻldirish kerak boʻlgan barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.