Tanlov bosqichlari:
1. Funksional va texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida Ishtirokchiga taqdim etiladi – 10/05/2024-yilgacha.
2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar paketini tayyorlaydi va xaridorga yuboradi. Hujjat topshirish muddati 22.05.2024-yil soat 17:00 ga qadar.
3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda 24/05/2024-yilgacha Texnik talablarga va Texnik vazifa shartlariga rioya qilish boʻyicha qabul qilingan takliflarni texnik baholashni amalga oshiradi.
4. Yakuniy narxlarni olish uchun buyurtmachi ishtirokchilarga soʻrov yuboradi va ishtirokchi 28.05.2024-yilga qadar yakuniy narx taklifini yuboradi.
5. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash11.06.2024-yilgacha.
Tijoriy takliflar 2024-yil 22-may kuni soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va ular quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
– Xavfsizlik Departamenti uchun tashkiliy hujjatlar roʻyxati;
– texnik talablarning toʻldirilgan jadvali;
– Talab qilinadigan shaklda tijorat taklifi;
– shartnomaning asosiy talablariga ega toʻldirilgan TTS fayli.
Ishtirokchilar havolada toʻldirilishi kerak boʻlgan barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.