UZCARD bilan fintex sohasida karyerangizni boshlang

UZCARD kompaniyasi 3-4 kurs talabalari, magistrantlar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun amaliyot dasturi boshlanganini e’lon qiladi. Dasturning maqsadi iqtidorli yoshlarni UZCARD jamoasiga jalb qilishdir. Nomzodlar o‘zlarini qiziqtirgan kasblarga amalda jalb qilinishlari, zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishlari mumkin. Ulardan eng muvaffaqiyatlilari kompaniya xodimlari bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

«UZCARD faoliyatining yo‘nalishlari keng ko‘lamli – bu milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish servisini modernizatsiya qilish, moliya, texnika va IT – industriyasi sohalarida xizmatlarning o‘sishi. Kadrlar tayyorlash dasturlari kompaniya ijtimoiy siyosatining muhim qismidir. Amaliyot yoshlarga karyerani boshlash va mamlakatning eng yirik kompaniyalaridan biriga ishga kirish imkoniyatini beradi. Ular professional jamoaga qo‘shilishlari, o‘z qobiliyatllarini namoyon qilishlari, bugungi kunda istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘yicha zarur ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi. Bitiruvchilarni qo‘llab – quvvatlash, ularni qiziqtirish va ularga intilishga arzigulik omillar borligini ko‘rsatish juda muhim», – deya kompaniya bosh direktori Olim Zokirov ta’kidladi.

Qanday qilib amaliyotga topshirish mumkin?

Hammasi juda oddiy. Avvalambor, siz kontakt ma’lumotlaringizni elektron pochtaga yuborishingiz va kompaniya vakilidan qo‘ng‘iroqni kutishingiz kerak. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng nomzodlar UZCARD ofisiga umumiy uchrashuvga taklif qilinadi, unda kompaniya faoliyati va amaliyot dasturi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Amaliyot qancha davom etadi?

Amaliyot 3 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin. Kompaniya o‘qish bilan amaliyot davrini qulay tarzda birlashtirish uchun moslashuvchan jadvalni ishlab chiqqan. Ishga qabul qilish yo‘nalishlari: IT, axborot xavfsizligi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, marketing, HR va boshqalar.

Ishtirokchilar amaliyot davomida nima olishadi?

Treninglar, vorkshoplar ko‘rinishidagi nazariy bilimlar bilan bir qatorda, barcha nomzodlar UZCARD jamoasi har kuni duch keladigan haqiqiy ish holatlarini hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyotni iloji boricha samarali o‘tkazish uchun har bir ishtirokchiga boshidan oxirigacha butun jarayonni muvofiqlashtiradigan kurator tayinlanadi.

Amaliyotning yakuniy bosqichi qanday?

Amaliyot tugagandan so‘ng, stajyor yakuniy ishni taqdimot shaklida tayyorlaydi va uni maxsus komissiyaga taqdim etadi. Yakuniy baho butun amaliyot natijalariga ko‘ra belgilanadi va eng muvafaqqiyatli nomzodlarni aniqlashga imkon beradi. Eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lganlar kompaniyada ishlash taklifini oladi. To‘liq vaqt o‘qiydigan talabalar esa bo‘sh vaqtlarida 0,5 va 0,75 stavkalarda ishga qabul qilinadi.

UZCARDda amaliyot dasturining boshlang‘ich loyihasi birinchi marta 2022-yilda HR Departamenti uchun ikki yo‘nalish: «O‘qitish va rivojlantirish» va «Rekruting» yo‘nalishlarida ishga tushirilgan. Bugungi kunga kelib, dasturning muvafaqqiyatli bitiruvchilari jamoaning muhim qismiga aylangan va ajoyib natijalarga erishmoqdalar. Quyida ulardan ba’zilarining taassurotlari:

«UZCARDda amaliyot o‘tash menga amaliy tajriba orttirishga yordam berdi. Endi men “soft/hard skills” bo‘yicha dasturlar va trening kontentlarini osongina tuzaman», – deydi Botirova Lyudmila, xodimlar o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis, Webster universiteti magistratura talabasi.

«Amaliyot mening barcha kutganimdan ham ziyoda bo‘ldi! Bu haqiqatan ham men foyda bilan o‘tkazgan vaqt edi. Men potentsial nomzodlar bilan kompetentsiya bo‘yicha intervyular, rezyumelar va biznes aloqalarini skrining qilishni o‘rgandim. Olingan bilimlar bu yo‘nalishda yanada rivojlanishimga katta yordam beradi», – deydi Alijonova Yulduz, O‘zbekiston Milliy Universitetining 4-kurs talabasi.

Siz hoziroq UZCARDda amaliyot o‘tash uchun ariza topshirishingiz mumkin, buning uchun siz aloqa ma’lumotlarini ushbu pochtaga career@uzcard.uz yuborishingiz kerak, xat mavzusida bu amaliyot uchun ariza ekanligini ko‘rsatish kerak.

UZCARD loyihalari haqida boshqa qiziqarli ma’lumotlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin @happinesscorporation.