Hurmatli mijozlar!
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” АJ rejalashtirilmagan profilaktika ishlarining yakunlanganini ma’lum qiladi. Barcha texnik tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va hozirgi paytda protsessing servislarining faoliyati me’yoriy tartibda davom etmoqda.
Mobil ilovalar ishlashi to‘liq tiklandi, shuningdek UZCARD bank kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalar qayta yo‘lga qo‘yildi.
Vaqtinchalik cheklovlar davrida ko‘rsatgan tushunishingiz va sabringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.