Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik uzilishlar aniqlangani munosabati bilan, 2022 yil 14 mart soat 11:00 dan 11:20 gacha jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirganini ma’lum qiladi. Elektron tijorat to‘lovlarni qabul qilish xizmatlarida qisqa muddatli nosozliklar qayd etildi. Hozirda to‘lovlar qayta tiklandi va odatdagidek amalga oshirilmoqda.
POS terminallar orqali to‘lovlar va bankomatlardan naqd pul yechib olish odatdagidek amalga oshirilmoqda.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.