UZCARD da 23.11.2022 soat 01:00 dan 02:00 ga qadar profilaktika

Yagona umumrespublika protsessing markazi, 2022 yil 23 noyabr kuni soat 01:00 dan 02:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli ATM, E-POS, POS-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, UZCARD infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyjing kartalarga xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida ma’lum qiladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.