«YUPM» AJ UZCARD quyidagi loyiha uchun xizmat yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha Tender e’lon qiladi

1-LOT: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida maxsus masala bo‘yicha auditorlik xizmati ko‘rsatish 

Tenderni o‘tkazish bosqichlari:

1. Texnik topshiriq va baholash mezonlari tanlov hujjatlarining bir qismi sifatida barcha tanlov ishtirokchilariga taqdim etiladi – 03.05.2024 yil.

2. Tanlov ishtirokchilari 08.05.2024 yil soat 16-00 gacha har bir joylashtirish turi uchun tanlov hujjatlari paketini tayyorlaydilar.

3. Qabul qilingan takliflarni malakaviy va texnik baholash – 10.05.2024 yilgacha.

4. Yakuniy narxlar bo‘yicha so‘rov va narxlarni baholash – 14.05.2024 yilgacha.

5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – taxminan 17.05.2024 yilgacha.

To‘lov valyutasi:

– mahalliy hamkorlar uchun – UZS;

To‘lov tartibi: bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida 100% toʻlov qilinadi.

Mas’ul xodim:

Xaitalieva Nargiza – Xaridlar bo‘yicha bosh mutaxassis

E-mail: Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz

Mobil: +998 97 890 53 54

Tender hujjatlari elektron shaklda Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz pochta manzilida 2024-yil 08-may soat 16:00 gacha qabul qilinadi (Toshkent vaqti).

Ishtirokchilar to‘ldirish lozim bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin.