«YUPM» AJ ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli(target) reklama xizmatini ko‘rsatuvchi ta’minotchini tanlash uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlov o’tkazish bosqichlari:

  1. Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, tanlov hujjatlari doirasida 2025-yil 6-fevralgacha tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar to‘plamini tayyorlaydi va buyurtmachiga jo‘natadi. Hujjatlar to‘plamini taqdim etish muddati 2025-yil 18-fevral soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan hamkorlikda 2025-yil 20-fevralgacha bo‘lgan muddatda olingan takliflarni Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx so‘rovnomasini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2025-yil 21-fevralgacha taqdim etishi lozim
  5. Tanlov natijalari 2025-yil 28-fevralgacha tasdiqlaniб, shartnoma imzolanishi kerak.

Tijorat takliflari 2025-yil 18-fevral kuni soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi shart:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

-To‘ldirilgan texnik talablar jadvali  (№1 shakli);

– Tijorat taklifi ( №2 shakli);

– Shartnomnaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan to‘ldirilgan KTS fayli. (№3shakli).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.