«YUPM» AJ rebrending va UZCARD brendining yangi pozitsiyalashuvi doirasida yangi logotip va yozuvni ishlab chiqarish, eski logotip va yozuvni demontaj qilish hamda yangisini montaj qilish xizmatlari uchun yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Tanlov oʻtkazish bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablarni buyurtmachi tayyorlaydi va tanlov hujjatlari doirasida Tanlov Ishtirokchisiga taqdim etadi – 12/03/2026 yil.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini taqdim etish muddati 19/03/2026 yil soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda olingan takliflarni Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligi yuzasidan 24/03/2026 yilgacha boʻlgan muddatda texnik baholashni amalga oshiradi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi oʻzining yakuniy narx taklifini 25/03/2026 yilgacha yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 01/04/2026 yilgacha.

Tijorat takliflari 2026 yil 19 mart soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi, ular quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;

– talab qilinadigan shaklga muvofiq texnik talablar;

– talab qilingan shaklga muvofiq tijorat taklifi shakli;

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan KTS fayli.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllardan iborat boʻlgan xarid hujjatlarini ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin.