«YUPM» (UZCARD) MChJ tadbirlarini oʻtkazish maqsadida event-agentliklar xizmatlarini sotib olish uchun tanlov tashkil qilayotganini e’lon qiladi

Tanlov bosqichlari:

• Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida 13.03.2024-gacha ishtirokchiga taqdim etiladi.

• 20.03.2024-yilga qadar potensial yetkazib beruvchi ushbu tenderda oʻz ishtirokini tasdiqlashi lozim. Quyida keltirilgan elektron manzilga erkin shakldagi ariza yuborilishi kerak.

• Savol-javoblar sessiyasi. Barcha savollar 20.03.2024-yilgacha elektron pochtaga yozma shaklda yuborilishi va javoblar 26.03.2024-yilgacha taqdim etilishi lozim.

• Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari paketini 28.03.2024-yilgacha (shu kuni ham) tayyorlaydi.

• Ishtirokchilarning takliflarini tahlil qilish va baholash muddati – 03.04.2024-yilgacha.

• Yakuniy narxlarni soʻrash muddati – 04.04.2024-yilgacha.

• Tender natijalarini tasdiqlash va shartnoma tuzishni boshlash – taxminan 09.04.2024-yilgacha.

Toʻlov valyutasi – soʻm;

Toʻlov tartibi: buyurtmani imzolagandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida 50% oldindan toʻlov, ishlarni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida qolgan 50% toʻlov amalga oshiriladi.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.

Elektron pochta manzili:  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Tel: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2024-yil 28-mart kuni 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda,  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz. pochta manzili orqali qabul qilinadi

20.03.2024-yilga qadar potensial etkazib beruvchi ushbu tenderda ishtirok etish uchun arizani (erkin shaklda) yuqoridagi elektron pochtaga yuborishi kerak.

Tender hujjatlarini olish uchun quyidagi havolaga bosing.